Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 15-DARS

Xudoning do‘stlari yaxshilik qilishadi

Xudoning do‘stlari yaxshilik qilishadi

Agar do‘stingiz yaxshi fazilatlarga ega bo‘lsa, unga taqlid qilishga harakat qilasiz. Zabur 24:8da: «Xudovand muruvvatli va adolatlidir»,— deyilgan. Allohning do‘sti bo‘lish uchun, xuddi shunday yaxshi fazilatlarga ega bo‘lishimiz kerak. Injilda: «Sevikli bolalar kabi Xudoga ergashinglar. [...] Muhabbat bilan yashanglar»,— deyilgan (Efesliklarga 5:1, 2). Bunday qilishning bir necha usullari quyida keltirilgan:

Yordam berishga tayyor bo‘ling. «Hammaga... yaxshilik qilaveraylik» (Galatiyaliklarga 6:10).

Sidqidildan mehnat qiling. «O‘g‘rilik qilgan kishi boshqa o‘g‘rilik qilmasin. Balki yaxshi ishlab, o‘z qo‘llari bilan mehnat qilsin» (Efesliklarga 4:28).

Jismonan hamda axloqan pok bo‘ling. «Badan va ruhimizni bulg‘ovchi har qanday murdorlikdan o‘zimizni tozalab, Xudodan qo‘rqib yashab, butunlay muqaddas bo‘laylik» (2 Korinfliklarga 7:1).

 Oila-a’zolaringizni sevib, hurmat qiling. «Har bir er o‘z xotinini o‘zini o‘zi sevganday sevsin. Xotin ham erini hurmat qilsin. Ey farzandlar, ota-onangizga itoat qilinglar» (Efesliklarga 5:33-6:1).

Boshqalarga mehr-muhabbat ko‘rsating. «Bir-birimizni sevaylik. Chunki sevgi Xudodandir» (1 Yuhanno 4:7).

Mamlakatingizning qonunlariga bo‘ysuning. «Har bir odam hukmron hokimiyatga bo‘ysunsin. [...] Har bir kishiga o‘z haqini beringlar: soliq yig‘uvchiga — soliq» (Rimliklarga 13:1, 7).