Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 5-DARS

Xudoning do‘stlari jannatda yashashadi

Xudoning do‘stlari jannatda yashashadi

Jannat hozirgi dunyoga o‘xshagan bo‘lmaydi. Parvardigori olam hech qachon yer yuzi qayg‘u-alam va azob-uqubatlarga to‘lishini xohlamagan. Lekin kelajakda Xudo yerni jannatga aylantiradi. Jannat qanaqa bo‘ladi? Keling, bu haqda Muqaddas Kitobda nima deyilganini ko‘rib chiqaylik:

Yaxshi insonlar. Allohning do‘stlari Jannat yeriga ega bo‘lishadi. Ular bir-birlariga faqat yaxshilik qilishadi. Ular Xudoning adolatli me’yorlari bo‘yicha yashashadi (Hikmatlar 2:21).

Oziq-ovqatning mo‘l-ko‘lligi. Jannatda ochlik bo‘lmaydi. Zaburning 71:16 oyatida: «O‘lka bo‘ylab bug‘doy hosili mo‘l bo‘lgay»,— deyilgan.

Shinam uylar va yoqimli ish. Jannatda har bir oilaning o‘z uyi bo‘ladi. Har bir kishi o‘ziga yoqadigan ish bilan shug‘ullanadi (Ishayo 65:21-23; Zabur 67:7).

 Butun dunyoda tinchlik. Urush-janglar bo‘lmaydi. Xudoning Kalomida: «U [Xudovand] janglarni to‘xtatadi»,— deb aytilgan (Zabur 45:9, 10).

Salomatlik. Muqaddas Kitobda bashorat qilinishicha: «U yerda yashovchilardan hech biri: “Men kasalman”,— demaydi» (Ishayo 33:24, YADT). Cho‘loqlar, ko‘rlar, karlar va soqovlar bo‘lmaydi (Ishayo 35:5, 6; Zabur 145:8).

Og‘riq, qayg‘u va o‘lim yo‘q bo‘ladi. Allohning Kalomida: «Endi o‘lim sira bo‘lmas. Huzun ham, faryod ham, og‘riq ham bo‘lmas. Zero avvalgilar o‘tib ketdi»,— deyilgan (Vahiy 21:4).

Yovuz odamlar bo‘lmaydi. Yahova Taolo: «Fosiq esa yerdan qirib tashlanadi, vafosiz yo‘q qilinadi»,— deb va’da bergan (Hikmatlar 2:22).

Insonlar bir-birlarini sevib, hurmat qilishadi. Adolatsizlik, zulm, ochko‘zlik va nafrat bo‘lmaydi. Odamlar yakdil bo‘lib, Xudoning adolatli yo‘llariga muvofiq yashashadi (Ishayo 26:9; Zabur 84:12).