Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 13- dars

Dinlar bilan nima sodir bo‘ladi?

Dinlar bilan nima sodir bo‘ladi?

1. Hamma dinlar yaxshimi?

Hamma dinlarda ham samimiy insonlar bor. Alloh bunday odamlarga e’tibor qaratib, ularga g‘amxo‘rlik qilyapti. Ammo afsuski, din nomidan yoki dindor kishilar tomonidan ko‘p yovuz ishlar qilinmoqda. (2 Korinfliklarga 4:3, 4; 11:1315) Yangiliklarga binoan, ayrim din rahbarlari terrorizm, genotsid va urushlarda qatnashganlikda hamda bolalarni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Bu, Xudoga ishonuvchi samimiy insonlarni judayam tashvishlantiradi. Matto 24:3–5, 11, 12 ni o‘qing.

Haq din Tangrini sharaflaydi, soxta din esa Unga isnod keltiradi. Soxta din Xudo haqida va o‘lganlar bilan nima sodir bo‘lishi to‘g‘risida Muqaddas Kitobga asoslanmagan yolg‘on ma’lumot tarqatadi. Lekin Yahova odamlar U haqida haqiqatni bilishlarini istaydi. Voiz 9:5, 10; 1 Timo‘tiyga 2:3–5 ni o‘qing.

2. Dinlar bilan nima sodir bo‘ladi?

Ma’lumki, Allohni aldab bo‘lmaydi. Uni sevamiz deb, aslida esa Shaytonning dunyosini sevadigan insonlar Unga ma’qul kelmaydi. (Yoqub 4:4) Muqaddas Kitobda barcha soxta dinlar «Buyuk Bobil» deb atalgan. Chunki Nuh payg‘ambar davridagi To‘fondan keyin, aynan shu qadimiy shaharda soxta din paydo bo‘lgan. Insonlarni aldab, bosim o‘tkazib kelayotgan dinni yaqinda Xudo yo‘q qiladi. Vahiy 17:1, 2, 5, 16, 17; 18:8 ni o‘qing.

Ammo Yahova soxta dindagi samimiy kishilarni esidan chiqargani yo‘q. U haqiqatni o‘rgatish orqali bunday odamlarni birlashtirmoqda. Mixo 4:2, 5 ni o‘qing.

 3. Samimiy insonlar nima qilishlari kerak?

Haq din odamlarni birlashtiradi

Yahova haqiqatni va yaxshilikni sevuvchi insonlarni qadrlaydi. U bunday kishilarni soxta dindan chiqishga undamoqda. Allohni sevuvchi odamlar Unga ma’qul kelish uchun hayotiga o‘zgarishlar kiritishga tayyor. Vahiy 18:4 ni o‘qing.

Birinchi asrda samimiy odamlar Isoning havoriylaridan xushxabarni eshitganda, uni quvonch bilan qabul qilishgan. Ular Yahovaning irodasiga muvofiq yashashni o‘rganishgani tufayli hayoti mazmunga to‘lib, umidga ega bo‘lishgan. Ular biz uchun yaxshi o‘rnakdir. Boisi ular xushxabarga quloq tutib, hayotini Yahovaga bag‘ishlashgan. 1 Salonikaliklarga 1:8, 9; 2:13 ni o‘qing.

Yahova soxta dindan chiqqanlarning barchasini O‘z xizmatchilaridan iborat oilasiga taklif qilmoqda. Agar siz Allohning samimiy taklifini qabul qilsangiz, U bilan do‘stlashib, yangi oilaga, ya’ni mehribon birodaru opa-singillarga hamda abadiy yashash umidiga ega bo‘lasiz. Mark 10:29, 30; 2 Korinfliklarga 6:17, 18 ni o‘qing.

4. Qanday qilib Xudo odamzodga quvonch keltiradi?

Soxta dinning hukm qilinishiga oz vaqt qoldi. Bu tufayli butun dunyo jabr-zulmdan ozod qilinadi. Soxta din boshqa hech qachon insoniyatni aldab, bir-biridan ajratmaydi. Hamma yakdillik ila tanho haq Xudoga topinadi. Vahiy 18:20, 21; 21:3, 4 ni o‘qing.