Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 1- QISM

Xudoga qanday quloq solish mumkin?

Xudoga qanday quloq solish mumkin?

Biz Muqaddas Kitobni o‘qiganimizda, xuddi Tangri bizga gapirayotganday bo‘ladi. 2 Timo‘tiyga 3:16

Alloh Taolo O‘z fikrlarini ajoyib bir kitobga yozish uchun kishilardan foydalangan. Bu kitob — Muqaddas Kitobdir. Unda siz uchun muhim ma’lumot bor va Xudo siz buni bilishingizni xohlaydi.

Xudo biz uchun nima yaxshi ekanini biladi, chunki U cheksiz hikmat sohibidir. Agar Unga quloq solsangiz, siz chindan ham dono bo‘lasiz (Hikmatlar 1:5).

Tangri yer yuzida har bir odam Muqaddas Kitobni o‘qisin, deydi. Bu kitob hozir ko‘p tillarda mavjud.

Agar Allohga quloq solishni istasangiz, Muqaddas Kitobni o‘qib, uni tushunishingiz kerak.

 Dunyo bo‘ylab odamlar Xudo haqida ta’lim olishmoqda. Matto 28:19

Yahovaning Shohidlari sizga Muqaddas Kitobni tushunishga yordam bera olishadi.

Ular butun yer yuzi bo‘ylab Alloh to‘g‘risida haqiqatni o‘rgatib yurishadi.

Siz ulardan bepul ta’lim olishingiz mumkin. Shuningdek, siz Yahova Shohidlarining yig‘ilishlarida Xudo to‘g‘risida bilim olsangiz bo‘ladi.