Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 10-SAVOL

Muqaddas Kitob menga qanday yordam berishi mumkin?

Muqaddas Kitob menga qanday yordam berishi mumkin?

NEGA BU MUHIM?

Allohning Kalomida: «Har bir Muqaddas Yozuv Xudo tomonidan ilhomlantirilgan»,— deb aytilgan. (2 Timo‘tiyga 3:16) Agar bu rostdan ham shunday bo‘lsa, unda Muqaddas Kitob sizga kerakli yo‘l-yo‘riqni berishi mumkin.

SIZ QANDAY YO‘L TUTGAN BO‘LARDINGIZ?

Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling: Devid notanish bir hududda mashinani haydab ketyapti. Yo‘l ko‘rsatkichlari va belgilari u hozir boshqa bir joyga kirib qolganini ko‘rsatyapti. O‘shanda u adashib qolganini anglab yetadi. Aftidan, u sayohatining qaysidir paytida boshqa tomonga burib yuborgan.

Devidning o‘rnida bo‘lganingizda, nima qilardingiz?

TO‘XTAB, O‘YLAB KO‘RING!

Siz quyidagicha yo‘l tutishingiz mumkin:

  1. Yo‘lni so‘rashingiz

  2. Xaritaga qarashingiz yoki GPSdan foydalanishingiz

  3. Yo‘lni topishga umid qilib, haydashda davom etishingiz

Aniq-ravshanki, 3- variant eng samarasizidir.

2- variant birinchisiga qaraganda yaxshiroqdir. Sababi, xarita yoki GPS sayohat davomida doim qo‘l ostingizda bo‘ladi va sizga to‘g‘ri yo‘nalishda ketishga ko‘maklashadi.

Shu singari, Muqaddas Kitob ham sizga yordam berishi mumkin.

Bu mashhur kitob sizga...

  • hayotdagi muammolaringizni yechishga yordam beradi.

  • o‘zingiz haqingizda bilib olishga va yaxshilanishga ko‘maklashadi.

  • eng zo‘r hayot yo‘lini ko‘rsatadi.

 HAYOTDAGI MUHIM SAVOLLARGA JAVOB TOPISH

Gapirishni o‘rganiboq, savollar berishni boshlaymiz.

  • Nimaga osmon ko‘m-ko‘k?

  • Yulduzlar nimadan yasalgan?

Keyinchalik esa atrofimizdagi dunyo haqida savollar bera boshlaymiz.

Bu savollarga javoblar azaldan Allohning Kalomida yozilgan bo‘lsa-chi?

Ko‘p odamlar Muqaddas Kitob rivoyat va afsonalar kitobi, u eskirgan yoki uni tushunish juda qiyin, deyishadi. Ammo muammo Muqaddas Kitobdami? Yoki aslida odamlar bu kitob haqida noto‘g‘ri fikrda ekanidami?

Masalan, odamlar dunyoni Xudo boshqaryapti, degan fikr Muqaddas Kitobda yozilgan, deb o‘ylashadi. Lekin bu to‘g‘rimi? Axir bu dunyo ostin-ustun bo‘lib ketgan-ku! U og‘riq va azob-uqubatlarga, kasallik va o‘limga, yo‘qchilik va ofatlarga to‘ladir. Nahotki buning hammasi mehribon Allohning ishi bo‘lsa?

Javobni bilishni istaysizmi? Muqaddas Kitobda aytilganlar sizni hayratga solishi mumkin.

Ehtimol, bu risoladagi maslahatlar Muqaddas Kitobga asoslanganligini payqagandirsiz. Yahovaning Shohidlari Allohning Kalomi yo‘l-yo‘riqlarning ishonchli manbai ekaniga aminlar. Sababi, «har bir Muqaddas Yozuv Xudo tomonidan ilhomlantirilgan bo‘lib, o‘rgatish, tanbeh berish, tuzatish... uchun foydalidir». (2 Timo‘tiyga 3:16, 17) Siz bunday qadimgi, lekin shu bilan birga, zamonaviy bo‘lgan bu kitobni o‘rganib chiqishga burchlisiz!