Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 5-DARS

To‘g‘ri qiroat

To‘g‘ri qiroat

1 Timo‘tiyga 4:13

MAQSAD. Faqat keltirilgan ma’lumotni o‘qing.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Puxta tayyorlaning. O‘qimoqchi bo‘lgan ma’lumotingiz nima uchun yozilgani borasida fikr yuriting. Alohida so‘zlarni emas, balki so‘z birikmalarini o‘qishni mashq qiling. So‘z qo‘shmayotganingizga, qoldirib ketmayotganingizga yoki o‘rnini almashtirmayotganingizga diqqatli bo‘ling. Barcha tinish belgilariga amal qiling.

  • Har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz qiling. So‘zni qanday talaffuz qilishni bilmasangiz, lug‘atga qarang, adabiyotning audio yozuvini tinglang yoki yaxshi qiroat qiladigan kishidan yordam so‘rang.

  • Aniq gapiring. Boshingizni baland ko‘tarib, og‘zingizni yetarlicha ochib so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling. Bo‘g‘inlarni yutib yubormaslikka harakat qiling.