Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 16-DARS

Ijobiy bo‘lish

Ijobiy bo‘lish

Ayub 16:5

MAQSAD. Diqqatni muammoga emas, balki uning yechimiga va tinglovchilarni harakatga undaydigan fikrlarga qarating.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Tinglovchilarga ijobiy nuqtai nazar bilan qarang. Imondoshlaringiz Yahovani mamnun qilishni istashiga ishoning. Hatto maslahat berish kerak bo‘lsa ham, imkon bo‘lsa, ularni avvalambor chin dildan maqtab o‘ting.

  • Salbiy ma’lumotni kamroq keltiring. Mavzuga tegishli salbiy ma’lumotni keltirsangiz, undan biron naf borligiga amin bo‘ling. Yoritib berayotgan mavzuingiz davomida ijobiy ruhiyatni saqlang.

  • Xudoning Kalomidan mohirlik ila foydalaning. E’tiborni Yahova insoniyat uchun nima qilganiga, nima qilayotganiga va kelajakda nima qilishiga qarating. Tinglovchilarga dalda berib, ularni mustahkamlang.