Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 10-DARS

Ovoz ohangini o‘zgartirish

Ovoz ohangini o‘zgartirish

Hikmatlar 8:4, 7

MAQSAD. Ovoz balandligini, ohanginiyu tezligini nazorat qilgan holda fikrni jonli tarzda va aniq yetkazing.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Ovoz balandligini o‘zgartiring. Muhim fikrlarni ta’kidlash va tinglovchilarni undash uchun balandroq gapiring. Muqaddas Kitobdan hukm xabarlarini o‘qiyotganda ham shunday yo‘l tuting. Qiziqish uyg‘otish yoki qo‘rquv, xavotir kabi tuyg‘ularni yetkazish uchun esa pastroq gapiring.

  • Ovoz ohangini o‘zgartiring. Tilingizda o‘rinli bo‘lsa, his-tuyg‘uni yetkazish yoki hajm yo davomiylikka ishora qilish uchun ohangni o‘zgartiring. Qayg‘u yoki xavotirni ifoda etish uchun pastroq ohangda gapiring.

  • Ovoz tezligini o‘zgartiring. Xursandchilik tuyg‘usini ifoda etish uchun tezroq gapiring. Muhim fikrlarni ta’kidlash uchun esa sekinroq gapiring.