Asosiy materiallarga o‘tish

Qo‘shimcha menyuga o‘tish

Yahovaning Shohidlari

o‘zbekcha (lotincha)

O‘lganlar yana yashashi mumkinmi?

O‘lganlar yana yashashi mumkinmi?

Siz shunday aytishingiz mumkin...

  • ha.

  • yo‘q.

  • balki.

 MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN

«Odamlar tiriladi» (Havoriylar 24:15).

BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI

Qadrdon kishingiz hayotdan ko‘z yumganda tasalliga ega bo‘lish (2 Korinfliklarga 1:3, 4).

Vahimali qo‘rquvdan ozod bo‘lish (Ibroniylarga 2:15).

Olamdan o‘tgan aziz yaqinlaringiz bilan yana birga bo‘lish umidi (Yuhanno 5:28, 29).

 MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?

Albatta, buning kamida uchta sababi bor:

  • Alloh hayot Manbai. Muqaddas Kitobda Tangri Yahova haqida «hayotning bulog‘i Sendadir»,— deb aytilgan (Zabur 35:10; Havoriylar 17:24, 25). Ha, barcha mavjudotga hayot ato etadigan Shaxs olamdan o‘tgan kishilarning hayotini qaytarishga qodir.

  • Xudo o‘tmishda ham odamlarni tiriltirgan. Muqaddas Kitobda sakkizta kishining, jumladan yoshu qari, erkagu ayolning tirilganligi haqida bayon etilgan. Ulardan ba’zilari qisqa vaqt ichida hayotga qaytgan, lekin bittasi to‘rt kun qabrda bo‘lgan! (Yuhanno 11:39–44).

  • Tangri buni yana qilishni juda istaydi. Yahova o‘limdan nafratlanadi; U o‘limni dushman deb biladi (1 Korinfliklarga 15:26). U bunday dushmanni yengib, uni tirilish yordamida bartaraf qilishga «muntazir» bo‘lib turibdi. Uning xotirasida bo‘lgan hammani hayotga qaytarib, yer yuzida ularni ko‘rishni juda istaydi (Ayub 14:14, 15).

 BU HAQDA O‘YLANG

Nega biz qarib o‘lamiz?

Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning IBTIDO 3:17–19 va RIMLIKLARGA 5:12- oyatlaridan topasiz.