Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 5- QISM

Alloh Ibrohimga va uning oilasiga yog‘dirgan qut-barakalar

Alloh Ibrohimga va uning oilasiga yog‘dirgan qut-barakalar

Ibrohimning nasli ko‘payib boradi. Xudo Yusufni Misrda himoya qiladi

XUDOVAND YAHOVA, U uchun eng aziz shaxs azob chekib o‘lishini yaxshi bilardi. Bu haqda, Tavrotning Ibtido 3:15- oyatida bashorat qilingan. Xudo odamlarga, azizining o‘limi U uchun qanchalik qimmatga tushishini ko‘rsata olarmidi? Bu, Muqaddas Kitobdagi bir hayotiy misol orqali yaqqol tasvirlab berilgan. Alloh Ibrohimdan suyukli o‘g‘lini qurbon qilishni so‘raydi.

Ibrohim Xalilullohning imoni kuchli bo‘lgan. Yodingizda bo‘lsa, bashorat qilingan Najotkor yoki Zurriyot Is’hoqning avlodidan kelib chiqishini Xudo unga va’da qilgan edi. Tangri tiriltirishga qodir ekaniga amin bo‘lgan Ibrohim, itoatkorlik ila o‘g‘li Is’hoqni qurbonlikka keltirmoqchi bo‘ladi. Lekin, Yahovaning farishtasi uni o‘z vaqtida to‘xtatib qoladi. Ibrohim o‘z sadoqatini ko‘rsatib, o‘g‘lini qurbon qilishga tayyor bo‘lgani uchun, Alloh O‘z va’dasini yana bir bor takrorlaydi.

Keyinchalik, Is’hoqning Esov va Yoqub ismli ikki farzandi tug‘iladi. Esovdan farqli ravishda, Yoqub ma’naviy narsalarni qadrlaydi va bu uchun Xudo uni mukofotlaydi. Uning ismini esa Isroil deb o‘zgartiradi. Shu tariqa, Yoqubning o‘n ikki o‘g‘li Isroil qabilalarining asoschisi bo‘ladi. Ushbu oiladan qanday qilib katta xalq paydo bo‘ladi?

Yoqubning o‘g‘illari ukasi Yusufga hasad qilib, uni qullikka sotib yuborishadi. Garchi Misrga tushgan Yusuf ko‘pdan-ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirsa-da, Xudo ushbu sodiq va jasur yigitning ishiga rivoj beradi. Natijada, fir’avnning e’tibori Yusufga tushib, uni katta lavozimga tayinlaydi. Shu paytda qattiq ocharchilik boshlanib, Yoqub o‘g‘illarini Misrdan oziq-ovqat olib kelish uchun jo‘natadi. O‘shanda Misrdagi oziq-ovqat zahirasiga Yusuf mas’uliyatli bo‘ladi. U akalarining tavba qilganini ko‘rib, yig‘lab yuboradi va o‘zini ularga tanitadi. Yusuf akalarini kechirib, barcha oila a’zolarini Misrga ko‘chirib keladi. Uning qarindosh-urug‘i Misrning eng yaxshi yerlariga joylashadi. Bu esa, ular yanada ko‘payishi va ravnaq topishiga sabab bo‘ladi. O‘shanda, barcha sodir etilgan voqealarni, Xudo O‘z irodasini amalga oshirish uchun qilganini Yusuf tushunib yetadi.

Keksayib qolgan Yoqub, umrining qolgan qismini Misrda, kattagina oilasi qurshovida o‘tkazadi. O‘limidan oldin esa, va’da qilingan Zurriyot yoki Najotkor, uning o‘g‘li Yahudodan kelib chiqib, buyuk Hukmdor bo‘lishini bashorat qiladi. Keksaygan chog‘ida Yusuf ham, Xudo Yoqubning oilasini Misrdan olib chiqishi to‘g‘risida karomat qiladi.

Ibtido 20–50- boblarga hamda Ibroniylarga 11:17–22- oyatlarga asoslangan.