Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 10-DARS

Lutning xotini esingizda bo‘lsin

Lutning xotini esingizda bo‘lsin

Lut amakisi Ibrohim bilan Kan’on yurtida yashardi. Ibrohim va Lutning chorvasi shu darajada ko‘payib ketdiki, yashayotgan yerlari ularga torlik qila boshladi. Shu bois Ibrohim Lutga: «Birga yashashimizning iloji bo‘lmay qoldi. Iltimos, o‘zingga yoqadigan joyni tanla, shunda men boshqa tomonga ketaman»,— dedi. Ha, Ibrohim faqat o‘zini o‘ylamagan.

Lutning Sado‘m shahri yaqinidagi chiroyli yerga ko‘zi tushdi. U yer sersuv va yam-yashil edi. Lut shu joyni tanladi va oilasi bilan o‘sha yerga ko‘chdi.

Sado‘m hamda uning yaqinidagi G‘amo‘ra shahrida yashovchi odamlar juda yomon edi. Ular shunchalik yovuz ediki, Yahova ularning shaharlarini yo‘q qilmoqchi bo‘ldi. Ammo Xudo Lut va uning oilasini saqlab qolmoqchi bo‘lib, ularning oldiga ikkita farishtani yubordi. Farishtalar ularni shunday deb ogohlantirdi: «Shoshilinglar! Shahardan chiqib ketinglar! Yahova bu shaharni yo‘q qilmoqchi».

Ammo Lut shaharni tark etishga shoshilmadi. U imillagani uchun farishtalar uni, xotini va ikkita qizining qo‘lidan ushlab, shahar tashqarisiga chiqarishdi. Farishtalar shunday deyishdi: «Qochinglar! Joningizni qutqarib qolinglar! Orqaga o‘girilib qaramanglar, agar qarasangiz o‘lasizlar!»

Ular Zo‘var shahriga yetib kelganida, Yahova Sado‘m va G‘amo‘ra ustiga oltingugurt bilan olov yog‘dirdi. Bu ikkita shahar butunlay yo‘q  bo‘lib ketdi. Lutning xotini Yahovaga quloq solmadi. U orqasiga o‘girilib qaradi va tuz ustuniga aylanib qoldi. Ammo Lut va uning qizlari Yahovaga quloq solishgani uchun omon qolishdi. Ular yaqin insoni Yahovaning gapiga kirmaganidan rosa xafa bo‘lishgandir. Bu voqeadan Yahovaning yo‘l-yo‘riqlariga bo‘ysunish qanchalik muhim ekanini o‘rgansak bo‘ladi.

«Lutning xotini esingizda bo‘lsin». (Luqo 17:32)