Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 9-DARS

Uzoq kutilgan o‘g‘il!

Uzoq kutilgan o‘g‘il!

Ibrohim bilan Sora turmush qurishganidan ko‘p yillar o‘tgandi. Ular Urdagi qulay uyini tark etib, chodirda yashardi. Sora hayotidan nolimagan. Chunki Yahovaning aytganini qilishsa, ularga yaxshi bo‘lishini bilgan.

Sora bolali bo‘lishni juda xohlagani uchun Ibrohimga: «Agar cho‘rim Hojar bolali bo‘lsa, uni xuddi o‘zimnikiday ko‘raman»,— dedi. Vaqt o‘tib Hojar o‘g‘illi bo‘ldi. Unga Ismoil deb ism berishdi.

Ko‘p yil o‘tib Ibrohim 99 yoshga, Sora 89 yoshga kirganida, ularning oldiga uchta mehmon keldi. Ibrohim ularga daraxt tagida dam olib, ovqat yeb olishni taklif qildi. Bu mehmonlar kim bo‘lganini bilasizmi? Ular farishtalar bo‘lgan! Ular Ibrohimga: «Kelasi yil mana shu payt sen va xotining o‘g‘il ko‘rasizlar»,— deb aytishdi. Sora chodir ichida bu gaplarni eshitib turgandi. U ichida kulib, shunday deb o‘yladi: «Nahotki men qarigan chog‘imda bola ko‘rsam?!»

Yahovaning farishtasi va’da qilganiday, keyingi yil Sora o‘g‘il tug‘di. Ibrohim unga Is’hoq deb ism berdi. Uning ma’nosi «kulgi» edi.

Is’hoq taxminan besh yasharligida, Ismoil uni masxara qilayotganini Sora payqab qoldi. O‘g‘lini himoya qilish uchun u  Ibrohimning oldiga borib, Hojar va Ismoilni jo‘natib yuborishni iltimos qildi. Boshida Ibrohim bunday qilishni xohlamadi. Ammo Yahova ham Is’hoqni himoya qilishni istagani uchun Ibrohimga: «Soraning gapiga quloq sol. Ismoilga O‘zim g‘amxo‘rlik qilaman. Mening va’dalarim Is’hoq orqali amalga oshadi»,— deb aytdi.

«Imoni tufayli Sora bibi... homilador bo‘lgan, sababi u va’da qilgan Zot ishonchli ekaniga amin edi». (Ibroniylarga 11:11)