Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 4-DARS

Jahldor bo‘lish juda xavfli

Jahldor bo‘lish juda xavfli

Odamato bilan Momohavo Adan bog‘idan chiqib ketishganidan keyin ko‘p farzand ko‘rishdi. Ularning birinchi o‘g‘li Qobil dehqon, ikkinchi o‘g‘li Hobil esa cho‘pon bo‘ldi.

Bir kuni Qobil va Hobil Yahovaga nazrlar keltirishdi. Nazr yoki qurbonlik nimaligini bilasizmi? Bu — Xudoga atalgan sovg‘a. Yahova Hobilning nazridan xursand bo‘ldi, Qobilnikidan esa yo‘q. Bundan Qobilning qattiq jahli chiqdi. Yahova Qobilni agar u jahlini tiymasa, yomon ish qilib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, ammo Qobil quloq solmadi.

Buning o‘rniga Qobil Hobilga: «Yur, dalaga boramiz»,— dedi. Ular dalada bir o‘zlari qolganida, Qobil ukasi Hobilga  tashlanib, uni o‘ldirdi. Buni ko‘rib Yahova nima qildi? Yahova jazo sifatida Qobilni oilasidan uzoq joyga haydab yubordi. Endi Qobil oilasiga qaytib kela olmaydi.

Xo‘sh, bu hikoyadan qanday saboq olsak bo‘ladi? Agar hammasi biz xohlagandek bo‘lmasa, jahlimiz chiqishi mumkin. Bordi-yu, jahl ichimizda kuchayib borayotganini sezsak yoki boshqalar buni ko‘rib bizni ogohlantirsa, tezda o‘zimizni qo‘lga olishimiz kerak. Aks holda, his-tuyg‘ular bizni boshqarishni boshlashi mumkin.

Hobil Yahovani sevib, yaxshi ishlar qilgani uchun Yahova uni hech qachon unutmaydi. Butun yer yuzini jannatga aylantirganida, U Hobilni tiriltiradi.

«Avvaliga borib birodaringiz bilan yarashing. Shundan so‘ng kelib, nazringizni baxshida eting». (Matto 5:24)