Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

11-bo‘limga kirish so‘zlari

11-bo‘limga kirish so‘zlari

Bu bo‘limda Injilda yozilgan voqealarni bilib olamiz. Iso kichik bir shaharda yashaydigan oddiygina oilada tug‘iladi. U duradgor bo‘lgan otasi bilan mehnat qiladi. Iso odamzodni qutqaradigan yagona shaxs edi. Yahova uni Samoviy Shohlikning Shohi sifatida tanlagandi. Ota-ona bo‘lsangiz, Iso xudotars oilada va yoqimli muhitda ulg‘ayishi uchun Yahova sevgi ila g‘amxo‘rlik qilganini bolangizga tushuntiring. Yahova Hirod Isoni o‘ldirishiga yo‘l qo‘ymaganini va Uning niyatlari amalga oshishiga hech narsa to‘sqinlik qila olmasligini muhokama qiling. Iso uchun yo‘l hozirlasin deb Yahova  Yahyoni tayinlaganini ko‘rib chiqing. Yosh bo‘lsa–da, Iso Yahovaning oqilona yo‘l-yo‘riqlari va maslahatlarini sevganini ta’kidlang.

USHBU BOʻLIMDA

68-DARS

Elisabet o‘g‘il ko‘radi

Nega Elisabetning eri bolasi tug‘ilmagunicha gapira olmay qoldi?

69-DARS

Jabroil Maryamning oldiga keladi

Farishta keltirgan xabar uning hayotini o‘zgartirib yuboradi.

70-DARS

Farishtalar Isoning tug‘ilganini e’lon qiladi

Xabarni eshitgan cho‘ponlar o‘sha zahoti harakatga tushishadi.

71-DARS

Yahova Isoni himoya qiladi

Yovuz shoh Isoni o‘ldirmoqchi bo‘ladi.

72-DARS

Isoning o‘smirlik chog‘i

Iso ma’baddagi din muallimlarini qanday qilib hayron qoldirdi?

73-DARS

Yahyo Masihga yo‘l tayyorlaydi

Yahyo ulg‘ayganida payg‘ambar bo‘ladi. U Masih kelishini xabarlaydi. Yahyoning xabariga odamlar qanday munosabat bildirishadi?