Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 2-DARS

Alloh ilk erkak va ayolni yaratadi

Alloh ilk erkak va ayolni yaratadi

Yahova bir bog‘ barpo etib, bu bog’ga Adan deb nom berdi. Bog‘da gullar, daraxtlar-u hayvonlar nihoyatda ko‘p edi. Xudo birinchi insonni, Odamatoni yaratib, uning burniga pufladi. Keyin nima bo‘ldi? Inson tirik jon bo‘ldi. Yahova Odamatoga bog‘ni parvarishlash va hamma hayvonlarga nom berish vazifasini topshirdi.

Yahova Odamatoga muhim bir qoida berdi. U Odamatoga shunday dedi: «Bog‘dagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishing mumkin, ammo bitta daraxtning mevasidan yemasliging kerak. Agar undan yesang, o‘lasan».

Vaqt o‘tib, Yahova: «Men Odamatoga yordamchi yarataman»,— dedi. U Odamatoni qattiq uxlatib qo‘ydi, so‘ng uning qovurg‘alaridan birini olib, Odamatoga xotin yaratdi. Uning ismi Momohavo bo‘ldi. Odamato bilan Momohavo birinchi oila bo‘ldi. Odamato xotinini  ko‘rganda nimani his qildi? U judayam xursand bo‘lib, shunday dedi: «Yahova uni mening qovurg‘amdan yaratdi. Nihoyat, o‘zimga o‘xshagan inson paydo bo‘ldi!»

Yahova Odamato bilan Momohavoga farzand ko‘rib, yer yuzini to‘lg‘azishlarini aytdi. Xudo ular birgalikda mehnat qilib, butun yer yuzini jannatga, Adan bog‘iday chiroyli bog’ga aylantirishini istagandi. Ammo bunday bo‘lmadi. Nega? Bu haqda keyingi darsdan bilib olamiz.

«Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratdi». (Matto 19:4)