Asosiy materiallarga o‘tish

Dunyoni aslida kim boshqaryapti?

Dunyoni aslida kim boshqaryapti?

Siz shunday o‘ylashingiz mumkin...

  • Alloh.

  • odamzod.

  • boshqa kimdir.

 MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN

«Butun dunyo esa yovuz Shaytonning hukmidadir» (1 Yuhanno 5:19).

«Xudoning O‘g‘li... Iblisning ishlarini barbod qilish niyatida kelgan» (1 Yuhanno 3:8).

BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI

Dunyodagi muammolarning mantiqiy yechimi (Vahiy 12:12).

Dunyomiz yaxshi tomonga o‘zgarishiga ishonish (1 Yuhanno 2:17).

 MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?

Albatta, buning kamida uchta sababi bor:

  • Shaytonning boshqaruvi halokatga uchraydi. Tangri Yahova Shaytonning insoniyat ustidan boshqaruviga chek qo‘yishga qaror qilgan. U Iblisning ishlarini barbod qilishni va’da berib, Shayton yetkazgan barcha zararni to‘laligicha qoplaydi (Ibroniylarga 2:14).

  • Xudo dunyo ustidan boshqarish uchun Iso Masihni tanladi. Iso dunyoning hozirgi shafqatsiz va xudbin hukmdoriga qarshi chiqadi. Masihning boshqaruvi borasida Xudo quyidagi va’dani bergan: «Zaif, bechoraga u shafqat ko‘rsatadi... mazlumlarni jabr-zulmdan xalos qiladi» (Zabur 71:13, 14).

  • Alloh yolg‘on gapirmaydi. Muqaddas Kitobda aniq aytilgan: «Xudo yolg‘on gapirmaydi» (Ibroniylarga 6:18). Tangri Yahova biron-bir narsani va’da qilganda, albatta buni amalga oshiradi! (Ishayo 55:10, 11). «Bu dunyoning hokimi tashqariga chiqarib haydaladi» (Yuhanno 12:31).

 BU HAQDA O‘YLANG

Hozirgi hokimiyat yo‘q qilinganidan so‘ng dunyo qanday bo‘ladi?

Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning ZABUR 36:10, 11 va VAHIY 21:3-, 4- oyatlaridan topasiz.