Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 ILOVA

«Buyuk Bobil» nimani anglatadi?

«Buyuk Bobil» nimani anglatadi?

VAHIY kitobidagi iboralarning hammasini ham tom ma’noda tushunish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Masalan, peshanasida «buyuk Bobil» deb yozilgan bir fohisha to‘g‘risida o‘qishimiz mumkin. Fohisha «elu xalq» ustida o‘tirgan emish (Vahiy  17:1, 5, 15). Oyatlardan ko‘rinyaptiki, «buyuk Bobil» bu muayyan bir xotin emas. Xo‘sh, bo‘lmasa bu xotin nimaning ramzidir?

Vahiy 17:18- oyatida quyidagini o‘qiymiz: «Sen ko‘rgan xotin — yer yuzi podshohlari ustidan hukmronlik qiladigan buyuk shahardir». «Buyuk Bobil» deb ataladigan xotin «yer yuzi podshohlari ustidan hukmronlik qilar» ekan, demak bu jahon miqyosida yoyilgan qudratli bir tashkilotdir. Shu sababli uni «imperiya» deyish mumkin. U qanday «imperiya» ekan? U din imperiyasidir. Keling, buning isbotini, Vahiy kitobning o‘zidan bilib olaylik.

Siyosat, tijorat va din imperiyalari bo‘lishi mumkin. «Buyuk Bobil» deb ataladigan xotin — siyosiy imperiya emas, chunki Xudoning Kalomida: «Yer yuzi shohlari u bilan fahsh qilardi»,⁠— deb aytiladi. Uning fahshi siyosatchilar bilan tuzgan ahdlaridadir. Ana shu sababdan u «buyuk fohisha», deb atalgan (Vahiy 17:1, 2; Yoqub 4:4).

«Buyuk Bobil» shuningdek, tijorat imperiyasi emas, chunki «yer yuzi savdogarlari», ya’ni tijorat tashkilotlar uning qulashi haqida «voy» ko‘taradilar. Boz ustiga, savdogarlar xuddi podshohlar kabi, «buyuk Bobilning» qulashini «uzoqda turib» kuzatadilar (Vahiy 18:3, 9, 10, 15–17). Shuning uchun «buyuk Bobil» siyosat yoki tijorat emas, balki din imperiyasidir.

«Buyuk Bobil» — aynan din imperiyasi ekanini tasdiqlaydigan yana bir dalil bor. Vahiy 18:23- oyatida u, «sehrgarligi bilan» butun xalqlarni aldagan edi, deb aytiladi. Spiritizmning barcha turlari din bilan bog‘liq bo‘lib, jinlardan kelib chiqqani sabab, «buyuk Bobil» «jinlarning makoni», deb yuritilishi ham bejiz emas (Vahiy 18:2; Amrlar 18:10–12). Bu imperiya haq dinga hamda «payg‘ambarlar, aziz-muqaddaslarga» qarshi chiqadi (Vahiy 18:24). «Buyuk Bobilning» haq dinga nafrati shunchalik kattaki, u hatto «Iso shohidlarini» quvg‘in qilib, o‘ldirmoqda (Vahiy 17:6). Xullas, «buyuk Bobil» deb ataladigan xotin, soxta din imperiyasi bo‘lib, Yahova Taologa qarshi chiqqan barcha dinlarni tashkil etadi.